Koronavirus 101 ta davlatga kirib bordi

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning ma’lum qilishicha, koronavirus jahonning 101 ta davlatiga kirib bordi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, virus bilan kasallanganlar soni 105 586 nafarga yetgan. So‘nggi 24 soat ichida 3610 nafar shaxs koronavirus yuqtirib olgan, 71 nafar bemor vafot etgan.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi kunlarda koronavirus Bolgariya, Kosta-Rika, Moldaviya, Fransiya Gvianasi, Maldiv orollari, Malta, Farrer orollari, Karib havzasidagi Martinika oroliga ham kirib borgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus eng ko‘p tarqalgan davlatlar: Xitoy (80735 bemor – 3119 nafar vafot etgan), Janubiy Koreya (7382 – 53), Eron (6566 – 194), Italiya (7375 – 366), Yaponiya (1151 – 7), Germaniya (1040 – 0), Fransiya (1209 – 19), Ispaniya (674 – 17), AQSH (542 – 22).


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

516

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing