Koronavirus haqida yolg‘on xabar tarqatgan deputatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi – BP
Jamiyat
−
01 aprel 2020
15113Joriy yilning 28 mart kuni Qo‘qon shahar A.T.Xuqandiy mavzesida yashovchi 1979 yilda tug‘ilgan xususiy korxona rahbari, Xalq deputatlari Qo‘qon shahar kengashi deputati X.N. Respublika Maxsus komissiyasining karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
X.N. Telegram messenjerida ochilgan guruhlar a’zolariga Qo‘qon shahrida 2 nafar shaxsda koronavirus kasalligi aniqlanganligi va ular karantinga olinganligi haqida jonli tarzda audio yozuvi orqali haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan uydirma va yolg‘on ma’lumotlarni tarqatgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan 31.03.2020 yil kuni X.N.ga nisbatan JKning 244-5-moddasi (Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi