Koreyalik futbolchi bir yoshga yoshardi
Sport
−
05 iyul 2023
45572022 yilning dekabr oyida Janubiy Koreya Prezidenti etib saylangan Yun Sok Yolning saylovoldi kampaniyasidan so‘ng qabul qilingan an’anaviy yosh hisoblash tizimi kuchga kirdi. Unga ko‘ra, “Tottenxem” futbol klubi yulduzi Son Xyon Min boshqa koreya fuqarolari qatorida bir yoshga yoshardi.
Gap shundaki, shu vaqtga qadar koreyaliklarning ona qornida bo‘lgan vaqti ham bir yosh hisobida qayd etilgan. Bu orqali Koreyada yangi tug‘ilgan chaqaloq allaqachon 1 yashar bo‘lib, noodatiy tarzda tug‘ilganidan bir yil o‘tib, ikki yoshga kirgan. Shuningdek, ular yilning qaysi oyi va kunida dunyoga kelgan bo‘lishidan qat’iy nazar 1 yanvar kuni bir yoshga ulg‘aygan.
Yangi qonun asosida mamlakat dunyo amal qiladigan an’anaviy yosh hisoblash tizimiga o‘tdi. Endilikda Son Xyon Min ham qolganlar singari odatiy yoshda va o‘zi tug‘ilgan sanada shaxsiy bayramini nishonlay boshladi.
Ma’lumot uchun, Sonning Yevropa futbolidagi harakatlari davomida uning mamlakatida bunga qadar amalda bo‘lgan yosh tizimi hech qanday muammo tug‘dirmagan, ya’ni qaydnomalarda futbolchining yoshi emas, tug‘ilgan sanasi kiritilgan. Bu bilan 1992 yil 8 iyulda tug‘ilgan sportchi hamma vaqt ham odatiy yoshida ko‘rsatib kelingan.
LiveBarchasi