Koreyaga jo‘natishni va’da qilib, 53 ming dollar olgan firibgarlar ushlandi

Jamiyat

image

Kecha, 13 may kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tuman prokuraturasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2017 yil mart oyida Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi 49 yoshli F.K. va Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida yashovchi 61 yoshli B.M. “Chorsu” dehqon bozori oldida Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida yashovchi 62 yoshli B.T. va bir nechta shaxslarni Mehnat Vazirligi huzuridagi agentlikda ishlovchi tanishlari orqali Koreyaga ishga yuborishini aytib, aldov yo‘li bilan ishonchiga kirib, undan 53 000 AQSH dollarini olgan. Shu kunga qadar bergan va’dalarini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari ko‘rsatilgan. F.K. va B.M.lar ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent firibgarlik Janubiy Koreya

Baholaganlar

45

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing