Koreyada mijozlarga 44 mlrd dollarlik bitkoin adashib o‘tkazib yuborildi
Olam
−
07 fevral 2894 1 daqiqa
Janubiy Koreyaning eng yirik kriptovalyuta birjalaridan biri Bithumb mijozlarga xatolik sabab 44 mlrd dollarlik bitkoin o‘tkazib yubordi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bugun 7 fevral kuni Janubiy Koreyaning Bithumb kriptovalyuta birjasi mijozlarga taxminan 44 milliard dollarlik bitkoin o‘tkazib yuborgan. Seulda joylashgan kompaniya voqeani xakerlik hujumi yoki xavfsizlik bilan bog‘liq muammo emasligini aniqlagan.
Birja ma’lumotlariga ko‘ra, 695 nafar mijoz 2000 von (taxminan 1,37 dollar) miqdorida bonus olishi kerak bo‘lgan. Tasodifiy xatolik sabab von o‘rniga mijozlarning har biriga 2000 bitkoin o‘tkazib yuborilgan. Judayam ko‘p odamlar darhol o‘z kriptovalyutalarini sotishni boshlagan. Bu esa bozorga keskin ta’sir qilib, bitkoin narxi qisqa vaqt ichida 17 foizgacha pasayib ketgan.
Bithumb voqea uchun uzr so‘ragan va xato tarqatilgan 620 000 bitkoinning 99,7 foizini qaytarib olganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bitkoin narxi 2024 yilning 6 noyabridan buyon ilk bor 72,9 ming dollargacha pasaygani haqida xabar berilgandi.
Javohir Aliqulov