Koreya o‘zbekistonlik talabalar uchun viza olish talablarini qiyinlashtirdi

Jamiyat

image

Janubiy Koreya hukumati talabalar orasida noqonuniy muhojirlar sonining keskin oshib ketishi sababli o‘zbekistonlik yoshlar uchun beriladigan D-2 va D-4 vizalarini olish talablarini qiyinlashtirdi. Bu haqda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining matbuot kotibi ma’lum qildi.

Xususan, viza hujjatlariga quyidagi o‘zgarishlar kiritildi:

1. Bank depozit hujjatlari:

Bakalavr, magistr va PhD uchun 20,000$ lik depozit bank hisob raqamida kamida 3 oy davomida turgan bo‘lishi shart.

D-4 viza - til kurslari uchun KDB Bankdagi hisob raqamda 3 oy davomida turgan bo‘lishi shart.

Agar bank ma’lumotnomasida depozitning saqlanish muddati aniq ko‘rsatilgan bo‘lsa boshqa banklardan olingan ma’lumotnoma ham qabul qilinishi mumkin.

2. Ota-onasi daromadlari haqida ma’lumot:

Ota-onasi rasmiy ish joyidan ma’lumotnoma (ingizchaga tarjima qilingan bo‘lishi va berilgan tashkilot telefon raqamlari ko‘rsatilgan bo‘lishi shart)

Ota-onasining bank kartalari hisob raqamlaridagi pul kirim-chiqimlari haqida ma’lumotnoma yoki shaxsiy mol-mulkka egalik haqida ma’lumotnoma

Viza berilmagan holatda, berilmagan kundan boshlab 3 oy davomida qayta hujjat qabul qilinmaydi (avval 1 oy edi)

3. Tilni bilish sertifikati( Qalbaki sertifikatlar ko‘payib ketganligi sababli):

Ingliz tili bo‘yicha bakalavr, magistr, PhD: eng kamida IELTS 5.5, TOEFL 530, yoki TOEFL IBT 71 sertifikati ham qo‘shimcha topshiriladi. Sertifikating haqiqiyligi elchixonada tekshiriladi.

Koreys tilida o‘qiydiganlar uchun: kollej uchun TOPIC 3, universitet uchun TOPIC 4 va undan yuqori.

Yuqoridagi talablar 1 may kunidan amal qilishni boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

viza Koreya

Baholaganlar

307

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing