Koreya suv toshqiniga duchor bo‘ldi. Ammo bu hammasi emas...
Olam
−
10 avgust 2020
16387Janubiy Koreyada kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida yuz bergan toshqin va ko‘chkida 31 kishi halok bo‘ldi va 11 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda Tabiiy ofatlarga qarshi kurash markaziy shtabi ma’lum qildi.
Mamlakatda noqulay ob-havo avgust oyi boshidan beri davom etyapti.
O‘tgan dam olish kunida Janubiy va Shimoliy Cholla provinsiyalari hamda Kvanju orolida 13 kishi halok bo‘lgan. 11 shahardagi ming nafar odam suv bosishi va qulashi xavfi ostida uylarini tark etgan.
Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, yomg‘ir yana kuchayadi. Negaki Koreya yarimoroliga “Chanmi” dovuli yaqinlashib kelyapti. Janubiy Koreya hududiga 80-250 mm yog‘in tushishi kutilyapti
LiveBarchasi