Koreya Prezidentiga impichment uchun ovoz berish yakunlandi

Olam

image

Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yolga impichment e’lon qilish bo‘yicha mamlakat parlamentida yetarli ovoz yig‘ilmagani bois jarayon bekor qilindi. Bu haqda “The Korea Herald” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Milliy assambleya spikeri Vu Von-shik Yun Sok Yolga impichment e’lon qilish bo‘yicha ovoz berish boshlanganidan taxminan uch soat o‘tib, jarayonning tugaganini e’lon qilgan. Unga ko‘ra, impichment harakati yetarlicha ovoz berilmagani sababli bekor qilingan. Hukmron “Xalq kuchi” partiyasining ko‘pchilik a’zolari ovoz bermaslikni tanlagan. Bu esa impichment jarayoni to‘xtashiga asosiy sabab bo‘lgan.
   
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Seulda Milliy assambleya joylashgan Yoido tumanida Yun Sok Yolning iste’fosini talab qilgan mitingda deyarli 150 ming kishi qatnashayotgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya impichment Yun Sok Yol'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing