“Korean and migrations”ning 10 nafar mansabdoriga chiqarilgan sud hukmi o‘zgartirildi

Jamiyat

image

Xabar qilinganidek, 14 sentyabr kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ ishi bo‘yicha sud majlisi bo‘lib o‘tgan, unda 12 kishiga hukm o‘qilgan edi

Dastlabki tergov organi tomonidan 2 372 nafar fukarolarning jami 24,2 mlrd so‘m pul mablag‘lari firibgarlik yo‘li bilan ko‘lga kiritganlik ko‘rsatilgan bo‘lib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar 2,95 mlrd. so‘m jabrlanuvchilarga qoplangan va sud jarayonida ayrim jabrlanuvchilar da’vodan voz kechishgan.

Ushbu hukm ustidan ayrim sudlanuvchilar, advokatlar, sudlanuvchining qonuniy vakili, fuqaroviy da’vogar va jabrlanuvchilar tomonidan apellyatsiya tartibida keltirdi. Shuningdek, Yakkasaroy tumani prokurori apellyatsiya protestini kiritdi. Xususiy ajrim ustidan advokatlar shikoyat qildi. Bu murojaatlar jinoyat ishi hujjatlari bilan birga jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining apellyatsiya instansiyada ko‘rildi. 

Mazkur jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi A. Jalilov raisligida hamda sudyalar M. Turg‘unova va D. Rajabovdan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasining bugun, 7 oktyabrdagi ajrimi bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tuman sudining 14 sentyabrdagi Q.Otaqulov, O.Kabilov, X.Turdiyev, M.Aliqulov, A.Shamshiddinov, M.Otajonova, R.Nuraliyeva, O.Jo‘rayev, Kang Namkyu va I.Jabborovaga oid hukmi o‘zgartirildi.

Q.Otaqulovning ayblovidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 3-qismi chiqarildi va ushbu modda bilan tayinlangan jazo bekor qilindi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 45-moddasi, 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan tayinlangan jazolar o‘zgarishsiz qoldirildi. Q.Otaqulovga Jinoyat kodeksining 59, 61-moddalari tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Unga Jinoyat kodeksining 60, 61-moddalari tartibida, jinoyat ishlari bo‘yicha Nurafshon shahar sudining 2019 yil 14 avgustdagi hukmi bilan o‘talmay qolgan jazo muddatiga qisman qo‘shish yo‘li bilan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

O.Kabilovning ayblovidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 3-qismi chiqarildi va ushbu modda bilan tayinlangan jazo bekor qilindi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 45-moddasi, 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan tayinlangan jazolar o‘zgarishsiz qoldirildi. O.Kabilovga Jinoyat kodeksining 59, 61-moddalari tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Unga Jinoyat kodeksining 60, 61-moddalari tartibida, jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudining 2016 yil 25 iyuldagi hukmi bilan o‘talmay qolgan jazo muddatiga qisman qo‘shish yo‘li bilan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

X.Turdiyevning ayblovidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 3-qismi chiqarildi va ushbu modda bilan tayinlangan jazo bekor qilindi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 45-moddasi,168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan tayinlangan jazolar o‘zgarishsiz qoldirildi. X.Turdiyevga Jinoyat kodeksining 59, 61-moddalari tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 8 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

M.Aliqulovning ayblovidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 3-qismi chiqarildi va ushbu modda bilan tayinlangan jazo bekor qilindi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 45-moddasi, 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan tayinlangan jazolar o‘zgarishsiz qoldirildi. M.Aliqulovga Jinoyat kodeksining 59, 61-moddalari tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 8 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

A.Shamshiddinovning ayblovidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 3-qismi chiqarildi va ushbu modda bilan tayinlangan jazo bekor qilindi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 45-moddasi,168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan tayinlangan jazolar o‘zgarishsiz qoldirildi. A.Shamshiddinovga Jinoyat kodeksining 59, 61-moddalari tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 8 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Unga Jinoyat kodeksining 60, 61-moddalari tartibida, jinoyat ishlari bo‘yicha Uychi tuman sudining 2017 yil 21 iyuldagi hukmi bilan o‘talmay qolgan jazo muddatiga qisman qo‘shish yo‘li bilan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 8 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

M.Otajonovaning ayblovidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 3-qismi chiqarildi va ushbu modda bilan tayinlangan jazo bekor qilindi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 45-moddasi,168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan tayinlangan jazolar o‘zgarishsiz qoldirildi. M.Otajonovaga Jinoyat kodeksining 59, 61-moddalari tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 6 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Unga Jinoyat kodeksining 62-moddasi tartibida 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 5 yil 9 oy 21 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. M. Otajonovaga Jinoyat kodeksining 72-moddasi qo‘llanilib, hukm shartli hisoblanib, 3 yil sinov muddati belgilandi.

R.Nuraliyevaning ayblovidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 3-qismi chiqarildi va ushbu modda bilan tayinlangan jazo bekor qilindi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 45-moddasi, 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan tayinlangan jazolar o‘zgarishsiz qoldirildi. R.Nuraliyevaga Jinoyat kodeksining 59, 61-moddalari tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Unga Jinoyat kodeksining 72-moddasi qo‘llanilib, hukm shartli hisoblanib, 3 yil sinov muddati belgilandi.

O.Jo‘rayevning ayblovidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 3-qismi chiqarildi va ushbu modda bilan tayinlangan jazo bekor qilindi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 45-moddasi,168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan tayinlangan jazolar o‘zgarishsiz qoldirildi. O.Jo‘rayevga Jinoyat kodeksining 59, 61-moddalari tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 8 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Kang Namkyuning ayblovidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 3-qismi chiqarildi va ushbu modda bilan tayinlangan jazo bekor qilindi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 45-moddasi, 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari bilan tayinlangan jazolar o‘zgarishsiz qoldirildi. Kang Namkyuga Jinoyat kodeksining 59, 61-moddalari tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

I.Jabborovaning ayblovidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 3-qismi chiqarildi va ushbu modda bilan tayinlangan jazo bekor qilindi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 45-moddasi,168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan tayinlangan jazolar o‘zgarishsiz qoldirildi. I.Jabborovaga Jinoyat kodeksining 59, 61-moddalari tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Unga Jinoyat kodeksining 72-moddasi qo‘llanilib, hukm shartli hisoblanib, 3 yil sinov muddati belgilandi.

Shuningdek, hukmning tavsif qismidagi jabrlanuvchi J.Esamurodov foydasiga jami 52 888 155 so‘mlik epizod hamda qaror qismidagi ushbu summani undirish qismi chiqarildi.

Hukmning qaror qismidagi jabrlanuvchi A.Zokirxo‘jayev foydasiga jami 27 202 730 so‘m undirish qismi bekor qilinib, sudlanuvchi Q.Otaqulov, O.Kabilov, X.Turdiyev, M.Aliqulov, A.Shamshiddinov, M.Otajonova, R.Nuraliyeva, O.Jo‘rayev, Kang Namkyu va I.Jabborovadan solidar tartibda A.Zokirxo‘jayev foydasiga 2019 yil 25 mart kuni xususiy bandlik agentligida ro‘yxatdan o‘tishi uchun to‘lov qilgan 202 730 so‘m, 2019 yil 10 apreldagi 577-sonli shartnomaga asosan ATB “Turonbank”ning Chilonzor filialiga to‘lov qilgan 32 400 000 so‘m, jami 32 602 730 so‘m undirilishi belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV depozit hisob raqamiga topshirilgan pul mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi IIV Ichki ishlar xodimlarini boshlang‘ich tayyorlash va ularni malakasini oshirish markazining jarima maydoniga topshirilgan avtotransport vositasi hamda xatlangan mol-mulklar sotuvdan tushgan pul mablag‘lari Q.Otaqulov, O.Kabilov, X.Turdiyev, M.Aliqulov, A.Shamshiddinov, M.Otajonova, R.Nuraliyeva, O.Jo‘rayev, Kang Namkyu va I.Jabborova tomonidan yetkazilgan zararni solidar tartibdagi undiruv qismiga qaratilib, jabrlanuvchilar o‘rtasida proporsional tartibda taqsimlanishi belgilandi.

Hukmning tavsif va qaror qismlaridagi “VEGA BEST” MCHJ va “Agrofitoeksport” MCHJ o‘rtasida tuzilgan 2019 yil 2 apreldagi 4-sonli hamda“FAYOZ-XDS” MCHJ, “BAXMAL FITOIMPEX” MCHJ va “ISMAILOV RUSTAM IKRAMOVICH” MCHJlar o‘rtasida tuzilgan 2019 yil 7 apreldagi 3-sonli oldi-sotdi shartnomalarini haqiqiy emas deb topish qismi bekor qilindi.

Manfaatdor taraflarga ushbu shartnomalar yuzasidan iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqi borligi tushuntirildi.

Hukmning qolgan qismi o‘zgarishsiz qoldirilib, apellyatsiya shikoyatlari va apellyatsiya protesti qisman qanoatlantirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

48

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing