“Korean and migrations” ishi oxiriga yetgani yo‘q, prokuror protest kiritdi – Oliy sud

Jamiyat

image

“Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ bilan bog‘liq ish hali oxiriga yetgani yo‘q. Bugun, 28 sentyabr kuni soat 14.30 da jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida (Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 62 uy) ushbu jinoyat ishi doirasida jabrlanuvchi sifatida o‘tayotgan shaxslar va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun maxsus brifing tashkil etilib, unda mazkur jinoyat ishi yuzasidan jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zararni undirish muddati va tartibi bo‘yicha huquqiy tushuntirish beriladi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati rahbari Aziz Abidov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. 

Ma’lumki, joriy yilning 14 sentyabr kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida sudlanuvchilar: 

•    Qahramon Otaqulov (1979 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ direktori); 

•    Odil Kabilov (1963 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ Namangan viloyat filiali direktori); 

•    Xushvaqt Turdiyev (1973 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ ta’sischisi);

•    Musurmon Aliqulov (1970 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ o‘quv ishlari bo‘limi direktori);

•    Anvarjon Shamshiddinov (1983 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ Namangan viloyat filiali ish yurituvchisi);

•    Orifjon Jo‘rayev (1983 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ Namangan viloyat filiali g‘aznachisi);

•    Mavluda Otajonova (1969 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ hisobchisi);

•    Ra’no Nuraliyeva (1976 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ kadrlar bo‘limi inspektori);

•    Kang Nam Kyu (1968 yilda Koreya Respublikasida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ hamkori);

•    Jolol Xidirov (1987 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, vositachi);

•    Iroda Djabborova (1986 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ agenti);

•    Furqat Kamalovga (1970 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, vositachi) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilingan.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchilardan solidar tartibda jabrlanuvchilar foydasiga jami 19 551 004 674 so‘m moddiy zarar undirish, O‘zbekiston Respublikasi IIV depozit raqamiga topshirilgan jami 7 831 973 502 so‘m pul mablag‘lari va 573 856 519,6 so‘mlik xatlangan mol-mulklar yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplashga qaratish belgilangan.  

Daslabki tergov organi tomonidan 2 372 nafar fukarolarning jami 24,2 mlrd so‘m pul mablag‘lari firibgarlik yo‘li bilan ko‘lga kiritganlik ko‘rsatilgan bo‘lib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar 2,95 mlrd so‘m jabrlanuvchilarga qoplangan va sud jarayonida ayrim jabrlanuvchilar da’vodan voz kechishgan.

Bugungi kunda jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining 2020 yil 14 sentyabrdagi hukmi qonuniy kuchga kirmaganligi sababli ijroga qaratilmagan.

Ushbu hukm ustidan sudlanuvchi M. Aliqulov va X. Turdiyev, advokat M. Abuduxalikov, fuqaroviy da’vogar J. Norxodjayev tomonidan apellyatsiya tartibida shikoyatlar hamda Yakkasaroy tuman prokurori tomonidan protest kelib tushgan bo‘lib, mazkur shikoyatlar va protest jinoyat ishi hujjatlari bilan birga jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining apellyatsiya instansiyada ko‘rib chiqilishi uchun rasmiylashtirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Korean and migrations

Baholaganlar

87

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar