Kopa Amerika: Braziliya bir kishi kam bo‘lib yarim finalga chiqdi

Sport

image

Bugun, 4 iyul kuni Braziliya yashil maydonlarida o‘tkazilayotgan Amerika kubogida yarimfinalning ikkita ishtirokchisi aniqlandi. Braziliya bir kishi kam bo‘lib yarim finalga chiqdi.

Mezbonlar chorak finalda Chili bilan to‘qnash keldi va juda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. Paketaning yagona goli o‘yin taqdirini hal qildi. Mezbonlar 48-daqiqadan boshlab maydonda bir kishi kam bo‘lib qolishdi — Gabriel Jezus qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Bu vaziyatda Jezus chililik futbolchining jag‘iga oyog‘i bilan zarba berib yubordi. O‘yin yakuniga qadar ushbu hisob o‘zgarmadi va mezbonlar yarim finalga yo‘l oldi.

Braziliyaning yarimfinaldagi raqibi Peru va Paragvay o‘rtasidagi dramatik bahsda aniqlandi. Bu o‘yindagi asosiy vaqtda 3:3 hisobi qayd etildi. 

Paragvay termasi safida Gomes, Alonso va Avalos raqib darvozasini ishg‘ol etgan bo‘lsa, Gomes o‘z darvozasini ishg‘ol etib, raqib jamoaga yordam berib yubordi. Lapadula va Yotunning gollari evaziga o‘yinning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlari durang natija bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa omad Peruga kulib boqdi — 4:3.

Chorak finalning yana bir bahsi — Urugvay – Kolumbiya o‘yini Toshkent vaqti bilan 01:00 ga belgilangan. Argentina-Ekvador bahsi esa 04:00 dan boshlab start oladi.

Humoyun Oripov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Braziliya Kopa Amerika final

Baholaganlar

42

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing