Kopa Amerika: Argentina Urugvayni mag‘lub etib, Chiliga yetib oldi

Sport

image

Braziliyada davom etayotgan Kopa Amerika musobaqasi “A” guruhining 2-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Kecha, 18 iyul kuni bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda Chili Boliviyani, Argentina esa, Urugvayni kichik hisobda mag‘lub etdi.

Kuyaba shahrida joylashgan “Arena Pantanal” o‘yingohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Chili terma jamoasi guruh autsayderi Boliviyani mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yinning 10-daqiqasida Eduardo Vargasning uzatmasidan so‘ng, Ben Brerton hisobni ochdi. Asosan chililik futbolchilarning hujumlari ostida kechgan uchrashuvda boliviyaliklar darvozaboni Karlos Lampa raqib jamoaning 10 ta aniq zarbasini qaytara  oldi. O‘yin yakuniga qadar hisob boshqa o‘zgarmadi va Chili ochkolari sonini 4 taga yetkazib olgan holda, guruh peshqadamiga aylandi.

Braziliya shahridagi “Milliy” arenada turnir favoritlaridan biri Argentina guruhdagi asosiy raqiblaridan biri Urugvay  ustidan minimal hisobda g‘alabga erishdi. Argentinaliklar 13-daqiqaga kelib, hisobda oldinga chiqib oldi. Jamoa sardori Lionel Messining uzatmasidan so‘ng, Gvido Rodriges bosh bilan zarba yo‘llab, g‘alaba keltiruvchi golni raqib darvozasiga kiritdi. Shu tariqa uchrashuv yakunlandi va Messi jamoadoshlari 4 ochko jamg‘argan holda guruhda Chili bilan birga peshqadamlik qilishmoqda.

E’tiborli tomoni, Luis Suares va Edinson Kavani singari futbolchilarga ega Urugvay butun o‘yin davomida birorta aniq zarba bera olmadi.

3-tur bahslari 21 iyul kuni o‘tkaziladi.

Humoyun Oripov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Argentina Kopa Amerika

Baholaganlar

83

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing