Konvertatsiya qilib beraman deb fuqaroni 1 mlrd pulga aldagan firibgar qo‘lga olindi
Jamiyat
−
06 iyun 2019
3084Toshkent shahrida fuqaro MCHJ rahbarining 1 mlrddan ortiq pulini konvertatsiya qilib berish bahonasida o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, bu bo‘yicha 2019 yil 4 iyun kuni Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasidan hujjatlar tushgan.
Ularga ko‘ra, Chilonzor tumanida yashovchi 47 yoshli, MCHJ rahbari R.D. boshqa bir MCHJ rahbari L.S.ning pullarini konvertatsiya qilib berishni aytib, aldov yo‘li bilan undan 1 milliard 80 million so‘m olgan va bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘zlashtirib yuborgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida R.D. qo‘lga olingan va unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi