O‘zbekistonda yana bir monopolist kompaniya tugatildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Prezident "O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida"gi qarorini imzolagani haqida xabar bergan edik. Unga ko‘ra, “O‘zbekenergo” uchta aksiyadorlik jamiyatiga bo‘linishi belgilandi.

Qarorga muvofiq, "O‘zbekenergo" AJ bazasida:

- Issiqlik elektr stansiyalari hamda elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi elektr markazlarini boshqaruvchi "Issiqlik elektr stansiyalari" aksiyadorlik jamiyati;

- Tugatilayotgan "O‘zelektrtarmoq" UK va "Energosotish" filiali negizida "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati;

- Elektr energiyani yakuniy iste’molchilarga taqsimlovchi va sotuvchi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarini boshqarishni amalga oshiruvchi "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati tashkil etiladi.

"O‘zbekenergo" AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning sohaga oid bo‘lmagan va foydalanilmayotgan aktivlari va ulushlari 2019—2021 yillar davomida belgilangan tartibda sotish maqsadida balans qiymati bo‘yicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladi.

Elektr energetikasi tarmog‘ini isloh qilish bo‘yicha komissiya ishchi organi sifatida Energetika vazirligi qoshida Loyiha ofisi tashkil etiladi. Loyiha ofisi faoliyatiga elektr energetika tarmog‘ini isloh qilish sohasidagi xalqaro va mahalliy ekspertlar hamda mutaxassislarni jalb etiladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

elektr energiya O'zbekenergo

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing