O‘zbekistonda bir oy ichida salkam 95 mlrd so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlandi
3-sahifa
−
09 fevral
4379O‘zbekistonda bir oyda 995 ta iste’molchi tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi oqibatida tizimga 94 mlrd 542 mln so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” ma’lum qildi.
Joriy yilning yanvar oyida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 995 ta iste’molchi tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Unga ko‘ra, 20 mln 486 ming kVt⋅soat elektr energiyasi va 47 mln 387 ming metr kub tabiiy gaz talon-toroj qilingan bo‘lib, davlat manfaatlariga jami 94 mlrd 542 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Respublikaning barcha hududlarida inspeksiya tomonidan 24 969 ta profilaktik tadbir o‘tkazilib, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 937 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi.
Energiya samaradorligi, avariya va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan 14 ta davlat korxona va muassasasida nazorat tadbirlari o‘tkazilib, ta’minotchi korxonalar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 1 540 ta ob’ekt hamda 2 565 ta ijtimoiy soha ob’ekti o‘rganildi.
Reaktiv quvvatni kompensatsiya qiluvchi qurilmalar o‘rnatish yuzasidan tadbirkorlik sub’ektlarida tushuntirish ishlari olib borilib, 13 145 ta iste’molchiga tegishli ko‘rsatmalar berildi.