Konstitutsiyani o‘zgartirish Prezident imtiyozlarini kengaytirmaydi – To‘qayev

Olam

image

Qozog‘iston Konstitutsiyasiga taklif etilayotgan va 5 iyun kuni referendumga qo‘yilgan barcha tuzatishlar o‘zaro tiyib turish va muvozanat tizimini mustahkamlashga qaratilgan. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 3 iyun kuni Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan referendum munosabati bilan mamlakat xalqiga murojaatida aytib o‘tdi. 

“Konstitutsiyaviy islohot jamiyatda keng rezonans uyg‘otdi. Uning barcha qoidalari prezidentning imtiyoz va vakolatlarini oshirishga emas, balki hokimiyat tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro tiyib turish va muvozanat tizimini mustahkamlashga, davlatning manfaatlari, huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan. Ishonchim komilki,  konstitutsiyaviy o‘zgarishlar bo‘yicha xalq irodasi yangi,  adolatli Qozog‘iston uchun mustahkam poydevor yaratadi”, deydi To‘qayev. 

U barcha qozog‘istonliklarni referendumda ishtirok etishga chaqirdi. 

“Mamlakatimiz tarixida birinchi marta umumxalq referendumi yo‘li bilan Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritiladi. Referendumning o‘tkazilishi Qozog‘istonda rivojlangan demokratik jamiyat qurish yo‘lidagi muhim qadamdir", deydi Prezident. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, referendum jamiyatning fuqarolik yetukligi va siyosiy ongliligi uchun sinov bo‘ladi.

29 aprel kuni To‘qayev Qozog‘iston Xalq Assambleyasi sessiyasida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazishni taklif qildi. O‘zgartishlarga muvofiq, davlat rahbarining vakolatlari qisqartiriladi, parlament va mahalliy vakillik organlarining roli sezilarli darajada mustahkamlanadi, inson huquqlari sohasi tizimli ravishda mustahkamlanadi, Konstitutsiyaviy sud qayta tuziladi, o‘lim jazosini bekor qilish bo‘yicha yakuniy qarorga kelinadi va mamlakatning birinchi rahbari Nursulton Nazarboyevning maqomi haqidagi qoidalar chiqarib tashlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

36

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing