Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartishlar bo‘yicha umumxalq muhokamasi yakunlandi

Jamiyat

image

Bugun, 1 avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi yakunlandi. Bu haqda Konstitutsiyaviy komissiyasining ijtimoy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilindi.

“1 avgust soat 00:00 holatiga ko‘ra, umumxalq muhokamasiga takliflarni qabul qilish to‘xtatilganini ma’lum qilamiz!

Qonunchilik palatasining mas’ul qo‘mitalari xalqimizdan kelib tushgan takliflarni umumlashtirish, tahlil qilish va qonun loyihasini takomiliga yetkazish borasidagi faoliyatini davom ettiradi”, deyiladi komissiya xabarida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 iyun kuni “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi. Qonunchilik palatasida shuningdek, qonun loyihasini umumxalq muhokamasiga qo‘yish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi. 

Bundan tashqari, o‘tkazilgan umumxalq muhokamasi natijasiga ko‘ra, tayyorlangan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi O‘zbekiston Respublikasi referendumiga qo‘yilishi ma’lumot uchun qabul qilingan.

Biroq iyul oyi boshida Qoraqalpog‘istonda yuz bergan namoyishlar sabab O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Konstitutsiyaviy qonun loyihasining muhokamasi tugash muddati – 5 iyuldan 15 iyulgacha uzaytirilildi.

Keyinroq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining joriy yil 15 iyul kuni o‘tkazilgan majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasining muddatini 2022 yil 1 avgustgacha uzaytirish haqida qaror qabul qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

120

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing