Konor ketdi. Habibning menejeri esa asabiylashmoqda

Sport

image

Rossiyalik mutlaq janglar (MMA) sportchisi Habib Nurmuhamedovning menejeri Ali Abdul Aziz irlandiyalik Konor Makgregorning karerasini yakunlash to‘g‘risidagi qaroriga munosabat bildirdi. U tegishli postni Twitter'dagi o‘z postida e’lon qildi.

Agentning so‘zlariga ko‘ra, Makgregor amerikalik Toni Fergyuson bilan jangga chiqishi kerak edi. "Sen undan yillar davomida yashirinib yuribsan", dedi Abdul Aziz.

Uning ta’kidlashicha, Konorning ishini Fergyusonni mag‘lubiyatga uchratgan Jastin Getji bajardi. "Endi sen bosib o‘tirib, dunyodagi eng yaxshi ikki jangchi qanday kurashayotgani tomosha qil", deya o‘z fikrlarini bildirgan Abdul Aziz.

Eslatib o‘tamiz, mutlaq janglar bo‘yicha ikki vazn toifasida sobiq chempion, irlandiyalik Konor Makgregor o‘z faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov

Baholaganlar

429

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing