Konorni jangga chaqirishdi. “Notorius” oktagonga qaytmoqchi

Sport

image

Amerikalik MMA jangchisi Maykl Chendler yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregorni jangga chorladi.

“Temir Mayk” Twitter sahifasida o‘zi va “Notorius” ishtirokidagi “face-to-face” marosimini (kollaj) e’lon qilib, uni oktagonga chorladi.

Irlandiyalik jangchi esa Chendlerning postiga javob qaytardi.

“Qachondir, albatta, sen bilan jang qilamiz. Ajoyib jang o‘tkazding, Mayk, tabriklayman”, deydi Konor.

Eslatib o‘tamiz, har ikki jangchi ham ketma-ket ikkita mag‘lubiyatli seriyani boshdan kechirmoqda. Makgregor Dastin Porega ikki bor texnik nokaut bilan, Chendler esa Charlz Oliveyra va Jastin Getjiga mag‘lub bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Konor Makgregor 2013 yilda oyog‘ining xochsimon suyaklari operatsiya qilinganidan so‘ng, UFC’ni bir oyog‘i bilan zabt etganini iddao qilib o‘tgandi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Konor Makgregor Maykl Chendler Engil vazn

Baholaganlar

36

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing