Konor Makgregor qamalishi mumkin

Sport

image

Shu yilning 11 oktyabr kuni ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor sud oldida javob beradi.

Sud Irlandiya poytaxti Dublin shahrida bo‘lib o‘tadi. Konorning sudlanishiga qahvaxonada qariyani urgani sabab bo‘lmoqda. 

Agar Makgregorning aybdorligi isbotlansa, u yarim yillik qamoq jazosi yoki eng yengil jazo 1 ming 500 funt sterling miqdoridagi jarima to‘lashi lozim bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, shu yilning mart oyida Konor Makgregor professional sportchi sifatida iste’foga chiqishini va boshqa ish bilan shug‘ullanish istagini e’lon qilgandi. Biroq, ko‘pgina mutaxassislar bu gapga shubha bilan qaradi. 


Maqola muallifi

Teglar

Konor Makgregor qamalishi mumkin

Baholaganlar

744

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing