Konor Makgregor Irlandiyaga Prezident bo‘lmoqchi
Sport
−
22 mart
3635Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini ilgari surmoqchi. Bu haqda “Sky news” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Makgregor agar Irlandiya Prezidenti etib saylansa, Yevropa Ittifoqi migratsiya paktiga qarshilik qilishi va Irlandiyada har bir kishi o‘z kelajagi bo‘yicha ovoz hamda tanlovga ega bo‘lishiga va’da berdi.
18 mart kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvda Konor Irlandiya prezidentligiga nomzodini qo‘yish borasida Tramp bilan suhbatlashdi.
“Bu mening yoki hukumatning tanlovi emas. Bu Irlandiya xalqining tanlovi”, deydi Makgregor.
Ma’lumot o‘rnida, Konor Makgregor professional faoliyatidagi so‘nggi jangini 2021 yilda o‘tkazgan va o‘shanda Dastin Porega qarshi jangda oyog‘ini sindirib olgan edi. Shundan keyin u oktagonga qaytmadi.
LiveBarchasi