Konor Makgregorga ruxsat berildi

Sport

image

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor Bellator kechasida ishtirok etishiga ruxsat oldi.

Bellator kechasi shu yilning 27 sentyabr kuni Irlandiya poytaxti Dublin shahrida bo‘lib o‘tadi. Konor 2017 yilda Bellator 187 musobaqasida janjal chiqarishga harakat qilgan, keyinchalik esa bu ishi uchun barchadan kechirim so‘ragan edi.

Ma’lumot uchun, Makgregor 2018 yil 6 oktyabr kuni UFC tarkibida yengil vazn toifasidagi chempion Habib Nurmuhamedovdan mag‘lub bo‘ldi. 

2019 yilning yanvarida Nevada Atletik Komissiyasi UFC 229-da Habib Nurmuhamedov bilan janjaldan keyin yuz bergan voqea uchun 50 ming AQSH dollari miqdorida jarima to‘lash bilan birga Konor Makgregor 6 oyga diskvalifikatsiya qilingandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Konor Makgregor Habib Nurmuhamedov

Baholaganlar

254

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing