Konor Makgregor Vatikanda 4 farzandining onasiga uylanyapti

Sport

image

Bugun, 12 dekabr kuni ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor farzandlarining onasi Di Devlinga uylanmoqda. To‘y marosimi Vatikandagi tarixiy Santo-Stefano-deli-Abissinicherkovida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Irish Independent” nashri xabar berdi.

Vatikan ichidagi manbalar ushbu ma’lumotni tasdiqlab, cherkov to‘y marosimi uchun band qilinganini bildirgan. Bu esa Vatikan vakili Matteo Brunining avvalgi bayonotiga zid: u avvalroq Makgregor va Devlin ishtirokidagi hech qanday to‘y haqida xabardor emasligini aytgan. Hozircha Makgregorning to‘y tafsilotlari sir saqlanmoqda.

Makgregor va Devlin ilk bor 2008 yilda Dublindagi tungi klubda uchrashgan. O‘shandan beri ular birga hayot kechirib, to‘rtta farzandni dunyoga keltirishgan. Juftlik 2020 yilda unashtirilgan. Devlin yillar davomida Makgregorning turli huquqiy muammolari chog‘ida uning yonida bo‘lib kelgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Makgregorning Vatikandagi to‘yi huquqiy kelishmovchiliklari keltirib chiqargan. Bir nechta mahalliy amaldor jangchiga muqaddas hududda to‘y marosimi o‘tkazishga ruxsat berishning tanqid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodrigeslarning uzoq kutilgan to‘y marosimi Ronalduning tug‘ilgan shahri Funshalda bo‘lib o‘tishi, nikoh marosimi 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin yozda Funshal katolik cherkovining yirik markaziy ibodatxonasida o‘tkazilishi, ziyofat esa hashamatli mehmonxonada davom ettirilishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Konor Makgregor Di Devlin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing