Konor Makgregor tezroq oktagonga qaytmoqchi

Sport

image

Ikki vazn toifasida irlandiyalik sobiq UFC chempioni Konor Makgregor o‘zining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasida tezroq oktagonga qaytish niyatidagligini ma’lum qildi.

“Oktagonga qaytgach, kimgadir musht tushiraman. Bunga ishoning. Raqibim kim bo‘lishi menga qiziq emas”, deya yozib qoldirdi Makgregor o‘z sahifasida.

O‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida Makgregor yangilangan UFC reytingidan chiqib ketgandi. Bungacha Dana Uayt promoushenida irlandiyalik jangchi 155 funt vazn toifasida 14-o‘rinni egallab turgandi. 

Ma’lumot uchun, Makgregor UFC'da jami 28 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, bahslarning 22 tasida g‘alaba qozongan, 6 tasida esa mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. U oxirgi marta 2021 yilning yozida Dastin Porega qarshi jang qilib, imkoniyatni boy bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Makgregor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing