Konor Makgregor: “Besh hafta uy qamog‘ida o‘tirish menga yoqyapti”
Sport
−
29 mart 2020
5613Yengil vazn toifasida UFC bo‘yicha sobiq jahon chempioni irlandiyaliik Konor Makgregor koronavirus sababli karantin joriy etilgani borasida izoh berdi.
"Barchaga salom, salom Irlandiya. Koronavirus pandemiyasi sabab muhim cheklovlar joriy qilindi. Men bundan mamnunman. Ko‘ryapsizmi, agar siz o‘yinga kirmasangiz, uni yutolmaysiz. Endi biz ushbu o‘yinga kirdik va qoidalarga qat’iy rioya qilgan holda g‘alaba qozonamiz.
Men Irlandiya xalqiga murojaat qilaman - biz qonunga, shuningdek bugungi kunda rahbarlarimiz tomonidan berilgan tavsiyalarga rioya qilishimiz kerak. Biz o‘z uyimizdan hech qayerga chiqmasligimiz kerak. Endi biz buni har qachongidan ham ko‘proq bajarishimiz kerak va men mamlakatimiz aholisi salomatligi va xavfsizligi uchun ibodat qilaman. Bizning hayotimiz va yaqinlarimizning taqdiri shunga bog‘liq. Birgalikda biz uyda mashq qilib immunitetimiz uchun sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilishimiz kerak.
Men boshqa xalqlarga murojaat qilaman - barcha qoidalarga rioya qiling va besh hafta davomidagi karantinga tayyor bo‘ling. Biz buni qila olamiz. Ozodlikka qadar besh hafta. Biz buni qila olamiz. Vaqt ketdi", dedi Konor Makgregor
Eslatib o‘tamiz, dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar 664 103 kishini tashkil etmoqda. Ushbu kasallikdan bugungacha 30 883 kishi vafot etdi. Kasallanganlarning 142 361 nafari virusdan butkul forig‘ bo‘lgan.
LiveBarchasi