Konor Makgregor: “Habib qo‘rqoqlik qildi va Toniga qarshi jangdan bosh tortdi”

Sport

image

Koronavirus pandemiyasi inson hayoti uchun xavf solgani bois, dunyoning ko‘plab davlatlarida barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi. Shu jumladan, joriy yilning 18 aprel kuni UFC-249 musobaqasi doirasida AQSHda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Toni Fergyuson va Habib Nurmuhamedov o‘rtasidagi jang ham qoldirildi. Ushbu holat yuzasidan UFC'ning sobiq jahon chempioni Konor Makgregor izoh qoldirdi.

"Hozirgi vaqtda jang qilishim uchun ajoyib sport formadaman. Karantin joriy etilishidan oldin jang o‘tkazishim rejalashtirilmaganidan hursandman. Agarda karantin bo‘lishiga qaramay jang qilishim rejalashtirilganida, hech qanday to‘siqlarga qaramay men oktagonga ko‘tarilgan bo‘lardim va g‘oliblikni qo‘lga kiritardim. Toni va Habib o‘rtasidagi jang joriy yilning 18 aprel kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi. Afsuski ular o‘rtasidagi jang beshinchi marotaba bekor qilindi. Balki  koronavirus pandemiyasi bunga to‘sqinlik qilgandir. Lekin, Habib qo‘rqoqlik qildi. Jang qilmasligi to‘g‘risida birinchi bo‘lib Habib aytdi. Inqirozli vaziyatda Habib AQSHdan uyiga qochib ketdi", deya izoh qoldirdi Konor Makgregor.

Ma’lumot o‘rnida, Habib Nurmuhamedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagt jang beshinchi bor qoldirilmoqda. Ushbu ikki sportchi o‘rtasidagi janglar nima sababdan qoldirilgani quyida bayon etilgan.

Birinchi jang sanasi: 2015 yil 11 dekabr. Habib qovurg‘asini sindirib olgan va Toniga qarshi jang bekor qilingandi.

Ikkinchi jang sanasi: 2016 yil 16 aprel. Toni Fergyusonning o‘pkasida suyuqlik paydo bo‘lgani bois jang bekor qilingan edi.

Uchinchi jang sanasi: 2017 yil 4 mart. Habibda muammolar paydo bo‘lib shifoxonaga yotqizilgan va Fergyusonga qarshi jang bekor qilingan.

To‘rtinchi jang sanasi: 2018 yil 7 aprel. O‘shanda Toni Fergyuson tizzasidan jarohat olgan va Habib bilan bahs qoldirilgan.

Beshinchi jang sanasi: 2020 yil 18 aprel. Habib Nurmuhamedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jangga bu safar koronavirus pandemiyasi to‘siq bo‘ldi. Bu safar ikkala sportchida ham muammo bo‘lmadi. Jang bekor qilinishiga koronavirus pandemiyasi sabab bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Konor Makgregor Habib Nurmuhamedov Toni Fergyuson

Baholaganlar

230

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing