Konor faoliyatimdagi eng xavfli zarba egasi – Pore
Sport
−
13 Oktabr 2021
3717Yengil vazn toifasida UFC chempionligi uchun da’vogar Dastin Pore Konor Makregorni o‘z faoliyatidagi eng xavfli zarba egasi sifatida tan oldi.
“Konor Makgregor – mening faoliyatimdagi eng xavfli zarba egasi, bunga shubha yo‘q. U o‘z ishining ustasi. Konorga qarshi 2014 yilda jang qildim va mag‘lub bo‘ldim. U adolatli tarzda g‘alaba qozondi. “Notorius” muvaffaqiyatga erishish yo‘lida barcha mashaqqatlarni yengib o‘tdi va birinchi bo‘lib ikkita vazn toifasida Jahon chempioni bo‘ldi. Bu yil uni ikki marta mag‘lub qilgan bo‘lsam-da, Makgregor xavfli raqibligicha qolaveradi”, deydi Pore.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 iyulida UFC’ning yengil vazn toifasidagi birinchi raqamli sportchisi, amerikalik Dastin Pore ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregorni birinchi raunddayoq texnik nokautga uchratgandi. O‘shanda Makgregorning oyog‘i singan va zambilda olib ketilgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 11 dekabr kuni UFC 269 musobaqasida “olmos” yengil vazn toifasi chempionligi uchun braziliyalik Charlz Oliveyraga qarshi oktagonga ko‘tariladi.