Konor chempionni jangga chorladi 

Sport

image

Ikki vazn toifasidagi UFC sobiq chempioni Konor Makgregor o‘zining Instagram sahifasida yengil vaznning amaldagi chempioni, braziliyalik Charlz Oliveyrani osonlikcha mag‘lub etishini ma’lum qildi.

Konor Oliveyraning futbolchi Neymar bilan tushgan suratini ilova qilib, “Men ikkalasini ham chekib yuboraman”, deya yozib qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, Oliveyra rossiyalik Habib Nurmuhamedovdan so‘ng yengil vaznda vakant qolgan chempionlik kamarini amerikalik Maykl Chendlerni mag‘lub etib, qo‘lga kiritgan edi.

Charlz so‘nggi jangini 2021 yilning 11 dekabr kuni UFC 269 turniri doirasida AQSH vakili Dastin Porega qarshi o‘tkazib, bo‘g‘ish uslubi orqali g‘alaba qozongan.

Hozirda Makgregor musobaqalarda ishtirok etmayapti, chunki u 2021 yil 11 iyul kuni o‘tkazilgan UFC 264 turnirida aynan Dastin Porega mag‘lub bo‘lgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Konor Makgregor Dastin Por'e Charl'z Oliveyra

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing