Konor 2024 yilda 3 ta jang o‘tkazmoqchi

Sport

image

Irlandiyalik UFC jangchisi Konor Makgregor 2024 yilning ikkinchi yarmidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

29 iyun kuni Makgregor Las-Vegasda UFC 303 musobaqasida amerikalik Maykl Chandlerga qarshi jang qiladi.

“Men qaytyapman va ancha yaxshi holatdaman. O‘zimni ajoyib his qilyapman.  Bu yil uchta jang o‘tkazaman: iyun, sentyabr va dekabrda. Birinchi jangim Chandlerga qarshi. Keyin sentyabr oyida meksikalik biror jangchiga, balki Neyt Diazga qarshi oktagonga chiqaman. Umuman olganda, menga raqib kim bo‘lishi qiziq emas”, deydi Makgregor.

Konor Makgregor MMA'da jami 28 ta jang o‘tkazib, 22 tasida g‘alaba qozongan. U 2021 yilning yozida amerikalik Dastin Porega qarshi jangda jiddiy jarohat olganidan beri oktagonga chiqmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Konor Makgregor Maykl Chandler

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made