Konor Habibga qarshi revansh jangi xohlamoqda 

Sport

image

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor UFC'ning yengil vazn toifasida amaldagi chempioni Habib Nurmuhamedovni jangga chorladi. 

“Men buning uchun keldim. Men tayyorman va revansh xohlayman. Qiziq, Habib bundan keyin nima deydi?” degan Makgregor.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 16 yanvar kuni Nurmuhamedov UFC Prezidenti Dana Uayt bilan bo‘lgan suhbatida o‘z faoliyatini qayta boshlashga tayyor ekanligini e’lon qilgan va buning uchun shart qo‘ygandi. 

Habib Nurmuhamedov va Konor Makgregor o‘zaro 2018 yilda to‘qnash kelishgan. O‘sha jangda Konor “Dog‘iston burguti”ga qarshi uch daqiqa chidab berib, mag‘lub bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida, Habib Nurmuhamedov 2020 yil 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi “Janglar oroli”da amerikalik Jastin Getjini mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng, sportdagi faoliyati yakunlanganini e’lon qilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Konor Habib

Baholaganlar

318

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing