Kongress va Tramp kelishmovchiligi – Eronga qarshi harbiy harkatlar boshlanadimi?

Olam

image

AQSH Senati bugun, 7 may kuni payshanba kuni Prezident Donald Trampning Kongress roziligisiz Eronga qarshi harbiy kuch ishlatishini taqiqlovchi rezolyutsiyaga vetosini bekor qilishi mumkin. Bu haqda Senatda ko‘pchilikni tashkil etuvchilar yetakchisi Mitch Makkonell ma’lum qildi.

“Bu juda haqoratli qaror edi. Bu demokratlar tomonidan respublikachilar o‘rtasida nizo qo‘zg‘ash strategiyasi doirasida yaratilgan va shu tariqa 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda g‘alaba qozonishga harakat qilishdir”, dedi Tramp o‘z bayonotida.

Uning ta’kidlashicha, dunyoda AQSH uchun ko‘plab tahdidlar mavjud va vaqt o‘tishi bilan bu tahdidlar o‘zgaradi. “Konstitutsiyada Prezident faol bo‘lishi va tezkor va qat’iyatli choralar ko‘rishi kerakligi belgilangan. Aynan men shunday qildim”, degan davlat rahbari.

Sulaymoniy voqeasidan so‘ng, AQSH Kongressida Trampning Eronga qarshi harbiy operatsiyalar bo‘yicha vakolatlarini cheklashga harakat qilindi. Kongressmenlar bunday cheklovlarsiz Tramp urushni boshlashi mumkinligiga ishonishdi.

AQSHda Prezident Kongress roziligisiz urush qila olmaydi. Biroq u qonun chiqaruvchi hokimiyat bilan kelishmasdan, cheklovlar va vaqt chegarasida chet elda operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega.

Senator Tim Keyn tashabbusi bilan qabul qilingan rezolyutsiyada agar Kongress ma’qullamasa, Trampdan 30 kun ichida Eronga qarshi har qanday harbiy operatsiyalarni to‘xtatishni talab qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Kongress

Baholaganlar

137

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing