Kongress Trampning harakatlari provokatsiya ekanini tan oldi

Olam

image
Dunyo Trampning uyg‘onishini kutyapti. Urush e’lon qilinadimi? north_east

Dunyo Trampning uyg‘onishini kutyapti. Urush e’lon qilinadimi?

AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Twitter’dagi sahifasida Tehronga qarshi provokatsion harakatlarni to‘xtatish kerakligini aytdi. 

"Biz Iroqdagi Amerika bazalarining hujumi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqdamiz. Biz qo‘shinlarimizning xavfsizligini ta’minlashimiz kerak, xususan, Prezident ma’muriyatining keraksiz provokatsiyalariga chek qo‘yib, Eronni shafqatsiz harakatlarni to‘xtatishga chaqirishimiz kerak", deydi Pelosi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar va dunyoning boshqa qismi urushga yo‘l qo‘ymaydi. 

AQSH askarlari joylashgan Iroq g‘arbidagi Ayn al-Asad harbiy-havo bazasi Eron tomonidan raketa hujumiga uchradi.

Hujum eronlik general Qosim Sulaymoniyning o‘limi uchun o‘ch olish harakati deb ataldi. Aviabazaga 10 ga yaqin raketa uchirilgan.

Eron rasmiylari harbiy bazaga qilingan havo hujumi oqibatida 80 kishi halok bo‘lganini iddao qilmoqda. AQSH Prezidenti Donald Tramp esa hammasi joyida ekanini ta’kidlamoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Nensi Pelosi

Baholaganlar

403

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing