Kongodagi mojaro fonida elchixonalar hujumga uchramoqda
Olam
−
29 yanvar
2045Kongo Demokratik Respublikasi poytaxti Kinshasada AQSH elchixonasi va yana boshqa bir qancha diplomatik missiyalarga hujum uyushtirildi. Bu haqda “Sputnik Africa” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ruanda bilan boshlangan urush fonida Kongo Demokratik Respublikasining Kinshasa shahrida namoyishchilar Ruandani qo‘llab-quvvatlagani uchun Fransiya, AQSH, Ruanda, Uganda va Keniya elchixonalariga hujum qilgan. Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro mamlakat elchixonasiga hujum uyushtirilganini aytgan.
“Reuters” agentligiga ko‘ra, politsiya namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan.
Kongo aloqa vaziri Patrik Muyaya milliy televideniye orqali chiqish qilib, namoyishchilarni hujumlarni to‘xtatishga chaqirgan. Keyinroq u vaziyat nazorat ostida ekanini aytgan.
Qolaversa, namoyishchilar Kongo Demokratik Respublikasi poytaxti Kinshasadagi AQSH elchixonasi oldida mashina shinalarini yoqib, mamlakat sharqidagi taranglikni bartaraf etish uchun xalqaro aralashuvni talab qilmoqda.
“Namoyishchilar 27 yanvar kuni AQSHning Kinshasadagi elchixonasi oldiga to‘planib, mamlakat sharqidagi zo‘ravonliklardan so‘ng xalqaro hamjamiyatni kuchaytirishni talab qilishdi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari har qanday tartibsizliklarning oldini olish uchun bino atrofida xavfsizlik chegarasini yaratdi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq M23 harakatining Ruanda tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Kongo isyonchilari Kongo Demokratik Respublikasi sharqidagi yirik Goma shahrini egallab olganini e’lon qilgandi.
LiveBarchasi