Kongoda kema 800 dan ortiq yo‘lovchi bilan cho‘kib ketdi

Olam

image

Kongo Demokratik Respublikasida bortida 800 dan ortiq kishi bo‘lgan kema cho‘kib ketdi. Hodisa oqibatida bir necha o‘nlab odam halok bo‘lgan. Bu haqda “Actualite” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, fojia joriy yilning 20 dekabr kuni Ekvator provinsiyasida sodir bo‘lgan. HB Mbeya Mbeya nomli kema Kongo daryosida ag‘darilib ketgan. O‘nlab odamlar halok bo‘lgan, 50 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan. Taxminan 300 nafar yo‘lovchi omon qolgan. Jarohatlanganlar soni hozircha aniqlanmagan. Manbalarga ko‘ra, kema katta hajmdagi yuklarni ham tashiyotgan bo‘lgan. Topilgan jasadlar kuchli darajada chirigani sababli darhol dafn etilgan, daryoda qidiruv-qutqaruv ishlari esa hanuz davom etmoqda.

Rasmiylarning dastlabki versiyasiga ko‘ra, halokatga kemaning haddan tashqari ortiqcha yuklanishi sabab bo‘lgan, bu esa xavfsizlik qoidalarining qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanadi. Kema egasi va jo‘nab ketish vaqtida bortda bo‘lgan ekipaj a’zolarini qo‘lga olish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Misrda “Iberotel Crown Empress” nomli sayyohlik kruiz laynerida yong‘in sodir bo‘lgandi. Kema bortidan 200 dan ortiq kishi evakuatsiya qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Kongo kema

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing