Kongoda 15 kishi noma’lum kasallikdan vafot etdi
Olam
−
02 mart 2021
4267Kongo Demokratik Respublikasi g‘arbida tibbiyot xodimlari yaqin haftalarda 15 nafar yoshi katta odamlarning noma’lum kasallikdan o‘lganini aniqladi. Bu haqda “Agence France Press” xabar bergan.
“Biz 60 yoshdan 80 yoshgacha bo‘lgan 15 kishining hayotiga zomin bo‘lgan kasallikni aniqladik”, degan gubernator Jan-Mari peti.
Kasallik bosh og‘rig‘idan boshlanadi, so‘ngra butun tanada og‘riq seziladi. Buning ortidan nafas olish bilan bog‘liq muammo paydo bo‘ladi.
Kasallik tarqalishining epitsentri Angola bilan chegarada joylashgan Casongo Lunda viloyati. Birinchi yuqtirgan odam o‘tgan fevral oyi boshida aniqlangan. Marhumlarning to‘qima namunalari tadqiqot uchun mamlakat poytaxti Kinshasa shahrida joylashgan tadqiqot markaziga yuborilgan.
LiveBarchasi