Kommentda odamlarni mitingga chiqishga chaqirgan erkak jazolandi
3-sahifa
−
19:30 5182 2 daqiqa
Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi postning kommentida odamlarni mitingga chiqishga chaqirgan erkak 22,5 mln so‘m jarimaga tortildi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.
Hujjatda keltirilishicha, B.N. Instagram’da “sh.a.” nomli profilga 2025 yilning aprel oylarida joylangan “1 may hammasi oshyapti, svet-gaz uchun ishlimiza” sarlavhali postning muhokamalar bo‘limiga o‘ziga tegishli profildan ommaviy norozilikka chorlovchi fikrlarni yozgan.
“Man videolar kamentiga izohlar yozdim. Man gapiraman, talpa yig‘ililu didim, lekin hech kimni duxi yetmayapti. 10 ta tanishimni yig‘ib chiqaman, qo‘shiladiganlar bormi? Mani oilam, bolalarim bor, o‘zim gapirib chiqishga o‘shanchun duxim yetmidi, lekin hamma yonimda tursa man so‘kib chiqaman, gapim gap. Miting qilishga duxi yetadiganlar bo‘lsa javob yozila, man yig‘aman”, deb yozgan u.
Shundan so‘ng B.N.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Joriy yilning 14 yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan. Unda B.N. aybiga iqror bo‘lib, suddan yengillik so‘ragan. U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 201-1-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan va unga bazaviy hisoblash miqdorining 60 baravari miqdorida, ya’ni 22 mln 500 ming so‘m jarima solingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘qonda ommaviy tartibsizlik bo‘layotgani haqida xabar tarqatganlar qamalgandi.
Live
Barchasi