Komilov Parlament raisi bilan eshik ortida “sirlashdi”

Jamiyat

image

Ayni vaqtda Turkiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun, 6 avgust kuni Turkiya Parlamenti – Buyuk millat majlisi raisi Mustafo Shentop bilan uchrashuv o‘tkazdi. Turkiya Parlamenti Matbuot xizmatining yozishicha, vazir va rais suratga tushgach, uchrashuvni yopiq eshiklar ortida o‘tkazishgan. Ular nimalar haqida suhbatlashgani turk matbuotida yoritilayotgani yo‘q. 

Ammo O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati suhbat qanday kechganiga oid ma’lumotlarni ochiqladi. 

“Uchrashuvda parlamentlararo aloqalarning bugungi holati va uni kengaytirish istiqbollari muhokama qilingan. 

"Parlamentlararo hamkorlik ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni har tomonlama rivojlantirishning qulay omili sifatida muhimligi ta’kidlangan. 

Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya kun tartibidagi boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, turizm, madaniy-gumanitar, ta’lim va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlashga qonunchilik jihatidan ko‘mak berishga tomonlarning tayyor ekanligi tasdiqlandi”, deyiladi O‘zbekiston TIV xabarida. 

Turkiya Parlamenti raisi Mustafo Shentop va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Oliy Majlis delegatsiyasining Anqara shahrida ikkinchi qo‘shma majlisda ishtirok etish uchun Turkiyaga tashrifini tashkil etish masalasini muhokama qilganlar. 

Qonun ijodkorligi sohasi, parlament saylovlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tajriba almashishdan tomonlar manfaatdor ekanligi ta’kidlangan. 

Komilov Turkiya Buyuk millat majlisi a’zolarini joriy yil dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis va xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishga taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Turkiya Abdulaziz Komilov Mustafo Shentop

Baholaganlar

7

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing