Komilov Mirziyoyevning maktubini To‘qayevga yetkazdi. Unda nima yozilgan?

Jamiyat

image

Bugun, 18 fevral kuni Nur-Sulton shahriga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev tomonidan qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi TIV tomonidan xabar berildi. 

Xabarga ko‘ra, vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevga yo‘llagan maktubini topshirgan. 

Qozog‘iston Prezidentining rasmiy saytiga ko‘ra, maktubda Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Qiyinchiliklar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatlash haqidagi iltimos bayon etilgan. 

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilingan. 

Tashqi savdo aylanmasi ko‘rsatkichlarini oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, tadbirkorlik sub’ektlari va hududlarning o‘zaro aloqalarini jadallashtirish, madaniy-gumanitar tadbirlarni tashkillashtirishga yo‘naltirilgan qo‘shma dastur va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. 

Markaziy Osiyodagi hozirgi vaziyat, mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha shakllanayotgan imkoniyatlar, shuningdek, yangi istiqbolli bozorlarga birgalikda kirish bo‘yicha rejalar yuzasidan fikr almashilgan. 

Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Mirziyoev To'qaev

Baholaganlar

235

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing