Komilov Lavrov bilan uchrashdi. Ular O‘zbekistonda RF OTMlarini ochish, Afg‘oniston masalalarini muhokama qildi

Jamiyat

image

Bugun, 2 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Sergey Lavrov ikki tomonlama muzokaralar olib borish va Giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasida mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv Memorandumi ishtirokchi davlatlarining 11-uchrashuvida qatnashish uchun Toshkent shahriga kelgan.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar muhokama qilindi, shuningdek, dolzarb xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi. 

Vazirlar RF Prezidenti Vladimir Putinning 2018 yil oktyabr oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi va Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonini ko‘rib chiqdilar.

Hozirgi vaqtda savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlarni ko‘rib chiqishi kutilayotgan Hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning birinchi majlisini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

TIVdagi uchrashuvda Rossiyaning to‘rtta yetakchi oliy o‘quv yurtlari – MIFI, VGIK, Moskva energetika instituti va Rossiya kimyo texnologiyalari universiteti filiallarini O‘zbekiston ochish masalalari muhokama qilindi. 

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston va Rossiyaning Afg‘oniston bo‘yicha hamkorligi, jumladan, Afg‘onistonda tinchlik muzokaralarini boshlash,  mamlakatni iqtisodiy-ijtimoiy tiklash bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlar doirasidagi aloqalarga alohida e’tibor qaratdi.

Shuningdek, vazirlar mintaqada xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuvda RFning O‘zbekistondagi Elchisi Vladimir Tyurdenev ham ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulaziz Komilov O'zbekiston-Rossiya Sergey Lavrov

Baholaganlar

6

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing