Komilov qo‘shnilarni yo‘qlagani ketmoqda
Jamiyat
−
16 fevral 2021
5156O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘istonga safar qiladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uch qo‘shni mamlakatga amaliy tashrifi joriy yilning 16-18 fevral kunlariga rejalashtirilgan.
Tashrif doirasida Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘iston tashqi siyosiy mahkamalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi kutilmoqda.
Muzokaralar chog‘ida mintaqaviy hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, Markaziy Osiyoning global iqtisodiy jarayonlar va transport yo‘laklariga integratsiyasi masalalari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.
LiveBarchasi