Komilov ikki kunda uchta Prezident bilan uchrashdi
Olam
−
18 fevral 2021
7172Bugun, 18 fevral kuni Dushanbe shahriga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon tomonidan qabul qilindi.
Vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonga yo‘llagan maktubini topshirdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklikka asoslangan O‘zbekiston – Tojikiston munosabatlarining dolzarb masalalari, oliy darajadagi tashriflar doirasida erishilgan kelishuvlar ijrosi ko‘rib chiqildi.
Markaziy Osiyodagi davlatlaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tovarlar eksportini kengaytirish, yangi transport koridorlarini yo‘lga qo‘yish va mintaqaviy bozorlarni o‘zlashtirish imkoniyatlari batafsil muhokama qilindi.
Uchrashuvda oliy va yuqori darajadagi bo‘lajak uchrashuvlar jadvali, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
Avvalroq, Abdulaziz Komilov Turkmaniston Prezidenti Гурбангули Berdimuhamedov va Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan uchrashib, ularga Shavkat Mirziyoyevning maktubini topshirgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi