Komilov Chavusho‘g‘li bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi
O‘zbekiston
−
17 Avgust 2021 7482 1 daqiqa
Bugun, 17 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Turkiya hamkorligining turli masalalari muhokama qilindi. Mintaqaviy siyosatning ayrim jihatlari, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashgan.
Shuningdek, Abdulaziz Komilov turkiyalik hamkasbiga Turkiyada yaqinda yuz bergan tabiiy ofatlar va ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirgan.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr