Komilov Bakuda. U Chovusho‘g‘lu bilan uchrashuv o‘tkazdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ayni vaqtda Ozarbayjon poytaxti Bakuda bo‘lib turibdi. Vazir 14-15 oktyabr kunlari Ozarbayjonda o‘tadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi Tashqi ishlar vazirlari kengashining yettinchi yig‘ilishida ishtirok etadi. 

Kecha, 13 oktyabr kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Vazirlar O‘zbekistonning Turkiy kengashda to‘la huquqli ishtiroki yuzasidan bir-birlarini samimiy tabrikladilar va bu tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik salohiyatini keskin oshirishiga ishonch bildirdilar. 

Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorligining dolzarb masalalari,  uni aniq yo‘nalishlarda rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. 

Muloqot chog‘ida ko‘p qirrali hamkorlikni ikki tomonlama hamda Turkiy kengash shaklida yanada kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 14 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashining yettinchi sammitida ishtirok etish uchun Ozarbayjon Respublikasining Baku shahriga jo‘nab ketdi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Turkiya Abdulaziz Komilov Mavlud Chovusho'g'lu

Baholaganlar

5

Reyting

2.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing