Komil Rashidov yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
27 avgust 2020
13686O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Shartnoma-huquq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.
TIV Matbuot xizmatining xabar qilishicha, Komil Rashidov Tashqi ishlar vazirligi Shartnoma-huquq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.
U 2019 yilning sentyabyuridan 2020 yilning avgustigacha Bosh vazirning maslahatchisi – Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari departamenti mudiri lavozimida ishlagan.
Shuningdek, u O‘zbekistonning Qirg‘iziston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ham faoliyat yuritgan.
LiveBarchasi