Kolumbiyaning g‘alabasi O‘zbekistonning imkoniyatlarini saqlab qoldi

Sport

image

Bugun, 24 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining ikkinchi turida Kolumbiya terma jamoasi Kongo DR ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu natija orqali O‘zbekiston milliy terma jamoasining keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlari saqlanib qolindi.

Portugaliyaga qarshi yirik mag‘lubiyatdan keyin o‘zbekistonlik muxlislar diqqatini Kolumbiya – Kongo DR uchrashuviga qaratgan edi. Ushbu bahsda kolumbiyaliklarning g‘alabasi natijasida guruhdagi vaziyat yanada qiziq tus oldi va O‘zbekistonning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlari saqlanib qoldi.

Endilikda O‘zbekiston terma jamoasi 3-turda Kongo DRni mag‘lubiyatga uchratsa, eng yaxshi 3-o‘rinni egallagan jamoalar qatoriga kirishi mumkin bo‘ladi.

Ayni paytda Kolumbiya ikki turdan keyin olti ochko jamg‘arib, muddatidan avval pley-off masalasini hal qildi. Portugaliya ham muhim uch ochkoni qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga yaqinlashdi.

O‘zbekistonning Kongo DM bilan so‘nggi tur bahsi joriy yilning 28 iyun kuni Atlantada Toshkent vaqti bilan soat 4:30 da bo‘lib o‘tadi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv portugaliyaliklarning 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangandi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing