Kolumbiyada yo‘lovchi samolyoti qulab tushdi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
16:48 1925 2 daqiqa
Kecha, 28 yanvar kuni Kolumbiyada bortida ekipaj a’zolari va yo‘lovchilarni qo‘shib hisoblaganda, 15 kishi bo‘lgan Beechcraft 1900 rusumli yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi, tirik qolganlar yo‘q. Bu haqda Fuqarolik aviatsiyasi va Transport vazirligi tomonidan tashkil etilgan qo‘shma shtabga tayanib, “El País” gazetasi xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, HK4709 bort raqamiga ega havo kemasi bilan so‘nggi aloqa Kolumbiya vaqti bilan soat 11:54 da, u Kukuta shahridan uchib chiqqanidan 12 daqiqa o‘tib o‘rnatilgan.
Caracol nashrining yozishicha, samolyot Kukutadagi Kamilo Dasa aeroportidan uchib chiqqan va taxminan soat 12:05 da Okaniya munitsipalitetidagi Aguas-Klaras aeroportiga yetib borishi kerak bo‘lgan.
Samolyot Kolumbiyaning Satena aviakompaniyasidan Searca tijoriy yo‘lovchi charter aviakompaniyasi tomonidan ijaraga olingan bo‘lgan.
Samolyotning koordinatalari oxirgi bor Playa-de-Belen va Xakari munitsipalitetlari orasidagi tog‘li hudud ustida qayd etilgan. Keyinchalik Satena mahalliy vaqt bilan soat 14:00 ga kelib samolyotning yoqilg‘i zaxirasi tugaganini ma’lum qilgan. Aviakompaniya, shuningdek, samolyotning favqulodda radiomayog‘i ishga tushmaganini bildirgan.
Shimoliy Santander xavfsizlik bo‘yicha kotibi Xorxe Kintero C ga samolyotni ushbu hudud aholisi topganini aytdi.
“Ular samolyotni butunlay vayron bo‘lgan holatda topgan va hozircha birorta ham tirik qolganlar haqida bizga xabar berishmadi”, deydi Kintero.
Yo‘lovchilar orasida Vakillar palatasining amaldagi a’zosi Diogenes Kintero Amayya hamda nomzod Karlos Salsedo ham bo‘lgan. Ular ichki mojarodan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlar vakillari uchun mo‘ljallangan maxsus saylov kvotasi – “tinchlik o‘rinlari” bo‘yicha saylovda ishtirok etayotgan bo‘lgan (Kintero qayta saylanish uchun).
Gap Kolumbiya hukumatining Kolumbiya Inqilobiy qurolli kuchlari (FARC) bilan bo‘lgan mojarosi haqida bormoqda. Kolumbiya hukumati 2016 yilda 50 yil davom etgan qurolli qarama-qarshilikdan so‘ng FARC isyonchilari bilan yakuniy tinchlik kelishuvini imzolagan.
Live
Barchasi