Kolumbiyada mashina portladi. O‘nlab odam jarohatlandi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Kolumbiyaning Korinto munitsipalitetida joylashgan shahar hokimligi binosi yaqinida mashina portladi. Portlash natijasida 17 kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy "El Tiempo" gazetasi xabar berdi.  

Politsiya mashinada portlovchi moddalar bo‘lgani hamda u politsiya bo‘limi va shahar hokimligi binosi o‘rtasida turganini tasdiqlagan. 

Jabrlanganlar turli darajadagi tan jarohatlari olgan, ular shifoxonaga yetkazilgan. 

Kolumbiya Prezidenti Ivan Duk Markes portlash aybdorlariga murojaat qilib, "terrorizm qo‘rqoqlarning quroli" ekanini aytgan. 

U Mudofaa vaziri Diyego Molanoga voqeaning har bir faktini baholashni va ushbu jinoiy harakat uchun javobgarlarni qidirishni buyurganini qo‘shimcha qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

bomba Kolumbiya

Baholaganlar

23

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing