Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 

Olam

image

Janubiy Amerikada joylashgan Kolumbiya Respublikasi Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Gustavo Petro  ma’lum qildi.

Uning aytishicha,  Kolumbiya hukumati Isroil-HAMAS urushi tufayli mamlakatlar o‘rtasidagi ziddiyatning so‘nggi vaqtlarda kuchaygani munosabati bilan bugun, 2 may kunidan boshlab Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzadi.

Petro Isroilning G‘azoni qamalga olishini "genotsid", deb atagan. Shuningdek, u Isroildan qurol sotib olishni to‘xtatgan va bu mamlakatning  G‘azodagi harakatlarini nemis fashistlarining o‘tmishdagi ishlari  bilan taqqoslagandi.

"Agar Falastin o‘lsa, insoniyat o‘ladi va biz uning o‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Isroil davlati bilan diplomatik aloqalar uziladi”, degan Petro Kolumbiya poytaxtida Xalqaro mehnatkashlar kuniga bag‘ishlangan marshda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Boliviya Isroil bilan barcha diplomatik aloqalarini uzgandi. Chili va Kolumbiya esa o‘shanda Isroildagi elchilarini maslahatlashuv uchun chaqirib olgandi.

Muqaddasxon Sattarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Isroil Kolumbiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing