Kolumbiya Isroilni Xalqaro sudga tortish tarafdori
Olam
−
10 noyabr 2023 4741 1 daqiqa
Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tebbunning Xalqaro jinoiy sud (XJS)da Isroilga qarshi ish qo‘zg‘atish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi. Bu haqda u X’dagi sahifasida yozdi .
"Kolumbiya Respublikasi Jazoirning Binyamin Netanyaxuga qarshi bolalar va tinch aholini qirg‘in qilgani va urush jinoyatlarini sodir etgani uchun Xalqaro jinoiy sudda ish qo‘zg‘atish chaqirig‘iga qo‘shiladi", deydi Petro.
Prezidentning aytishicha, Kolumbiya Tashqi ishlar vaziri Alvaro Leyva bugun, 10 noyabr kuni shu masalada XJS Bosh prokurori Karim Xon bilan uchrashadi.
Ma’lumot uchun, Jazoir Prezidenti Tebbun 6 noyabr kuni qilgan bayonotida dunyoning barcha “erkin odamlari” va xalqaro inson huquqlari tashkilotlarini Isroilga qarshi XJSda ish qo‘zg‘atishga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kolumbiya Isroildagi elchisini maslahatlashuv uchun chaqirib olgandi. Kolumbiya TIV bayonotiga ko‘ra, Isroilning G‘azo sektorida davom etgan hujumlari munosabati bilan Kolumbiya Prezidenti Petro nomidan maslahatlashish uchun mamlakatga chaqirilgan Kolumbiyaning Tel-Avivdagi elchisi Manjarrez Herrera mamlakat poytaxti Bogotaga qaytib borgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025