Belgiyada bomba tahdidi tufayli 30 ga yaqin maktab yopildi

Olam

image

Bryussel va Belgiyaning markaziy Vallon Brabant viloyatidagi 30 ga yaqin maktab bomba tahdidi haqidagi xabarlar tufayli yopildi. Bu haqda Vallon va Bryussel ta’lim boshqarmalari xabar berdi.

Kecha, 26 noyabr oqshomida bir qancha ta’lim muassasalariga bomba qo‘yish tahdidi kelib tushgan. Xavfsizlik nuqtai nazaridan ushbu ta’lim muassasalarida bugun, 27 noyabr kuni darslar bekor qilingan.

Qayd etilishicha, ba’zi binolar sapyorlar tomonidan tekshirilgan. Hozircha bomba haqidagi xabarlar tasdiqlangani yo‘q. Bildirilishicha, kun davomida maktablardagi vaziyatga baho beriladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda Qozog‘istondagi Olmaota shahrida bir nechta maktablarga bomba o‘rnatilgani haqida xabarlar tarqalgan. Shundan so‘ng maktab xodimlari va o‘quvchilar evakuatsiya qilingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

maktab bomba Bel'giya Bryussel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing